AsosiyJamiyat

1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayom obligasiyalarining indeksasiya koeffisienti belgilandi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayom obligasiyalarining indeksasiya koeffisientini belgilash to`g`risida” 209-sonli qaroriga asosan zayom obligasiyalari uchun indeksasiya koeffisienti 1994 yil iyul oyidan 2014 yil iyul oyigacha eng kam ish haqi miqdorining 1373 marta o`sganligi inobatga olib, zayom obligasiyalari bo`yicha yutuq to`lanmagan holda 1,373 miqdorida belgilangan. Bu haqda “Xalq banki” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Zayom obligasiyalarining indeksasiya qilingan qiymati 2014 yil avgustdan boshlab Xalq bankining vakolatli filiallari tomonidan to`lanadi.

Zayom obligasiyalari egalari mablag`larini olish uchun bank filialiga fuqarolik pasporti va zayom topshirilganligini tasdiqlovchi “Tasdiqnoma”ni taqdim qilishi lozim.

    Boshqa yangiliklar