AsosiyJinoyat

Ishtixonda 82 yoshli otaxonning uyidan 56 kg ko`knori topildi

'Ishtixonda 82 yoshli otaxonning uyidan 56 kg ko`knori topildi'ning rasmi

Samarqand viloyat IIB xodimlari Ishtixon tumanida 82 yoshli otaxonning uyida saqlanayotgan 56 kg giyohvandlik moddasini aniqladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, viloyat hududida o`tkazilayotgan «Qora dori–2018» tadbiri davomida Ishtixon tumani «Barlos» MFYga qarashli Hasan-Husan qishlog`ida yashovchi, 1936 yilda tug`ilgan fuqaro A.S.ning yashash uyi va yordamchi xo`jalik tomorqasi ko`zdan kechirilganida, yashash uyini orqa tomonidagi uzumzorining 33 kv.m maydonida jami 375 tup ko`knor giyohvandlik o`simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi, shuningdek, yashash uyi va og`ilxonasining chordoqlarida yoyib, quritilayotgan jami 56 kilogramm o`tkir hidli, yashil rangli, «ko`knor» giyoxvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar