AsosiySport

Gubernator kubogi. To`rtta oltin qo`lga kiritildi, Hasanboyga nohaqlik qilishdi

'Gubernator kubogi. To`rtta oltin qo`lga kiritildi, Hasanboyga nohaqlik qilishdi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo`yicha nufuzli Gubernator kubogi musobaqasi yakunlandi, deb xabar berdi Olamsport nashri.

Xalqaro turnirning hal qiluvchi final janglarida 7 nafar charm qo`lqop ustamiz ringga ko`tarilishdi. Ulardan ikki nafari - Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov hamda Miraziz Mirzahalilov -56 kg vaznda o`zaro chempion nomini aniqlashdi. Ushbu jang biroz kutilmaganda Mirazizning 5:0 hisobidagi yaqqol g`alabasi bilan tugadi.

49 kg vazn toifasida ringga ko`tarilgan hamyurtimiz Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do`smatovga hakamlar nohaqlik qilishdi. Agar Hasanboy g`alaba qozonganida umumjamoa hisobida 5ta oltin medal bilan birinchi o`rinni qo`lga kiritishimiz aniq bo`lardi. Shu bois ham hakamlar 3:2 hisobidagi g`alabani rossiyalik Bator Sagaluevga tortiq etishdi.


Charm qo`lqop ustalarimizdan Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo`ziev va Bahodir Jalolov finalda raqiblarini katta ustunlik bilan mag`lub etib, xalqaro turnir chempioniga aylanishdi. Jalolov ikkinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. Ikkita nokdaundan so`ng referi jangni to`xtatdi. -60 kg vazndagi bokschimiz Shunqor Abdurasulov esa rossiyalik Albert Batirgazievga 1:4 hisobida yutqazib qo`ydi.

Yarim finalda mag`lubiyatga uchragan Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar esa xalqaro turnirning bronza medali bilan taqdirlanishgandi.

Umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasi 4ta oltin, 4ta kumush, 3ta bronza medali bilan birinchi o`rinni egalladi. O`zbekiston terma jamoasi esa 4ta oltin, 3ta kumush, 3ta bronza medali bilan ikkinchi o`rinni band etdi. Mezbonlar bitta kumush ko`pligi evaziga bizdan o`zib ketishdi, xolos.

Final natijalari:

-49 kg: Hasanboy Do`smatov (O`zbekiston) - Bator Sagaluev (Rossiya) 2:3

-52 kg: Azat Maxmetov (Qozog`iston) - Azat Usenaliev (Qirg`iziston) TKO3

-56 kg: Shahobiddin Zoirov (O`zbekiston) - Miraziz Mirzahalilov (O`zbekiston) 0:5

-60 kg: Shunqor Abdurasulov (O`zbekiston) - Albert Batirgaziev (Rossiya) 1:4

-64 kg: Oganes Bachkov (Armaniston) - Pavel Fyodorov (Rossiya) 4:1

-69 kg: Vitaliy Dunaysev (Rossiya) - Tamerlan Xangeshiev (Rossiya) 5:0

-75 kg: Isroil Madrimov (O`zbekiston) - Gleb Bakshi (Rossiya) 5:0

-81 kg: Bektemir Meliqo`ziev (O`zbekiston) - Georgiy Kushitashvili (Rossiya) 3:2

-91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Narek Manasyan (Armaniston) 5:0

+91kg: Bahodir Jalolov (O`zbekiston) - Vladislav Muravin (Rossiya) ikkinchi raundda nokaut

    Boshqa yangiliklar