AsosiyDunyo

BMT Bosh kotibi Mali musulmonlari bilan birga ro`za tutmoqda

'BMT Bosh kotibi Mali musulmonlari bilan birga ro`za tutmoqda'ning rasmi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Maliga safar qilib, mahalliy hokimiyat va fuqarolik jamiyati bilan uchrashdi hamda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

"Azon" nashrining ma`lum qilishicha, Bosh kotib Mali xalqi va mahalliy etakchilar tinchlik uchun kurashishga tayyor ekanini aytgan. “Ular tinchlik va xavfsizlikka intilmoqda, – dedi Guterrish. – Ular jamoalar va etnik yoki diniy guruhlar o`rtasida to`qnashuvlar chiqishini istashmayapti”.

2013 yilda Mali shimolidagi ayirmachilar isyoni va uning ortidan yuz bergan davlat to`ntarishidan keyin bu erga BMT tinchlikparvar kuchlari jo`natilgan. BMT missiyasi tinchlik kelishuvining bajarilishini kuzatmoqda va aholini himoya qilmoqda.

Antoniu Guterrish Maliga safari asnosida Mopti shahridagi masjidning imomi bilan uchrashdi. “Men bu erga Mali xalqi bilan birdam ekanimni ko`rsatish uchun keldim”, – dedi u.

Bosh kotib har yili Ramazon oyida biror musulmon mamlakatga boradi va mahalliy aholi bilan ro`za tutadi. Shu orqali musulmonlarga nisbatan hurmatini ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar