AsosiySport

Og`ir atletika. Toshkent birinchi marta yoshlar o`rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

'Og`ir atletika. Toshkent birinchi marta yoshlar o`rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi'ning rasmi

7-14 iyul kunlari Toshkent shahrida og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tadi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo`mitasi.

Bugungi kungi holatga ko`ra, musobaqada hozircha jahonning 50 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi aniq bo`lib ulgurgan. Ushbu raqam musobaqa boshlangangunga qadar ko`tarilishi aniq.

Shuningdek, chempionat boshlanishi arafasida poytaxtimizdagi “International hotel” mehmonxonasida Xalqaro og`ir atletika federasiyasining Ijroiya Qo`mitasi yig`ilishi va navbatdagi Kongressi bo`lib o`tadi. Unda tashkilot prezidenti Tomash Ayyan ham ishtirok etishi kutilmoqda. Yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatiga esa «O`zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Terma jamoamiz murabbiylari musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz ro`yxatini taqdim etishdi. Unga ko`ra, atletlarimiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda qatnashadilar:

Yigitlar:

-62 kg: Muhammadali Kahramonov
-69 kg: Adhamjon Ergashev
-69 kg: Hakimjon Shamsiddinov
-77 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-77 kg: G`ayrat Aytmuratov
-85 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov
-94 kg: Azimjon Xojiev
-105 kg: Akbar Jo`raev,
-105 kg: Saidmuxtor Saidahrorov
+105 kg: Shaxmerdan Kemalov.

Qizlar:

-48 kg: Zuhra Otajonova
-58 kg: Sayyora Esbergenova
-63 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-69 kg: Zarnigor Abduraxmonova
-69 kg: Layloxon Xursanova
-69 kg: Rambergenova Bazargul
-75 kg: Gulnoza Ahmadova
-75 kg: Tursunoy Jabborova
-90 kg: Dolera Davronova
-90 kg: Shodmonoy Ochilova.

Terma jamoamiz a`zolari ayni paytda musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdalar. Qizlar terma jamoamiz tayyorgarlikning so`nggi bosqichini 13 iyun – 4 iyul kunlari Qozog`istonda o`tkazadi. Erkaklar terma jamoasi esa 17 iyun – 8 iyul kunlari Rossiyada tashkil qiladigan o`quv-mashg`ulot yig`inlarida ishtirok etadi.

Ma`lumot uchun, 2013 yilgi o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionati ham Toshkentda o`tkazilgandi. Unda dunyoning 17 yoshgacha bo`lgan eng sara polvonlari g`oliblik uchun kurash olib borishgan. 20 yoshgacha bo`lgan atletlar o`rtasidagi jahon chempionatiga esa mamlakatimiz poytaxti birinchi marta mezbonlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar