AsosiySport

1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag`ishlangan «Inter cup–2018» musobaqasi o`tkazildi (foto)

'1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag`ishlangan «Inter cup–2018» musobaqasi o`tkazildi (foto)'ning rasmi

Bugun, 31 may kuni O`zbekiston futbol assosiasiyasi hamda «Inter sport project» sport kompaniyasi tomonidan O`zbekiston futbol assosiasiyasining sun`iy qoplamali maydonlarida «1 iyun – Xalqaro bolalar kuni»ga bag`ishlangan 2011-2012 yilda tug`ilgan bolalar o`rtasida «Inter cup–2018» musobaqasi tashkil qilindi.

Musobaqada "Inter sport", "Paxtakor", "Odil Junior", "Spartak", "JFL" kabi bolalar jamoalari ishtirok etib, maydonda o`zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir so`ngida O`zbekiston Professional ligasi bosh direktori Omon G`ofurov va musobaqaning faxriy mehmoni O`zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi a`zosi Odil Ahmedov ishtrokchilarga homiylar tomonidan ajratilgan esdalik sovg`alarini taqdim qildilar.

Taqdirlash marosimidan so`ng «Anor» bolalar ashula va raqs ansambli a`zolari o`zlarining chiqishlari bilan yosh futbolchilar hamda tomoshabinlarning kayfiyatlarini xushnud etishdi.

    Boshqa yangiliklar