AsosiySport

Chempionlarga velosipedlar sovg`a qilindi (foto)

'Chempionlarga velosipedlar sovg`a qilindi (foto)'ning rasmi

30 may kuni poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Chempionlar yurt fahri» tadbiri tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda yaqinda Moskva shahrida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o`rtasida bo`lib o`tgan jahon chempionatida g`oliblikni qo`lga kiritgan yosh futbolchilar, Milliy olimpiya qo`mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O`zbekiston futbol assosiasiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, Professional futbol ligasi direktori Omon G`ofurov, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik lisey o`quvchilari ishtirok etishdi.

Yosh chempionlarga Milliy olimpiya qo`mitasi sovg`alari – velosipedlar taqdim etildi, deb xabar berdi qo`mita matbuot xizmati.

Taqdirlash marosimidan so`ng «Bulbulcha» bolalar ashula va raqs guruhi o`zining chiqishi bilan yig`ilganlarning kayfiyatini hushnud etdi. So`ngra tadbir ishtirokchilari yosh chempionlarga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi.

    Boshqa yangiliklar