Xorijdan uskuna olib kelib berishni va`da qilib, qochib yurgan firibgar qo`lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 25 may kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2015 yil dekabr oyida Beltepa ko`chasida yashovchi B.P. hamkorlikda tadbirkorlik bilan shug`ullanishi uchun N.R.ga Xitoy Xalq Respublikasidan spirt mahsulotini ishlab chiqarishga mo`ljallangan jihozlarni olib kelishini aytib, aldov yo`li bilan ishonchiga kirgan. Undan 200 ming AQSh dollarini olib, bergan va`dasini bajarmay voqea joyidan yashiringanligi ma`lum bo`lgan.
B.P.ni ushlash choralari ko`rilgan.






