Samarqand-Ekaterinburg aviaqatnovlari yo`lga qo`yiladi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.
Xabarda aytilishicha, Rossiyaning “Uralskie avialini” aviakompaniyasi 17 iyuldan boshlab Ekaterinburgdan Samarqandga aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi.
Samolyotlar Ural poytaxtidan Samarqandga seshanba kunlari uchadi va chorshanba kunlari Rossiyaga qaytadi.
Parvoz davomiyligi 3 soatni tashkil etadi.






