Joriy yilning 3 iyunidan Muloqot.uz ijtimoiy tarmog`i o`z faoliyatini to`xtatadi. Bu haqda ma`muriyat tarmoqdan ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilarni bu haqda ogohlantirgan.
«Assalomu alaykum hurmatli foydalanuvchi. Sizga Muloqot.uz ijtimoiy tarmog`i o`z faoliyatini vaqtincha to`xtatishi haqida ma`lum qilamiz. Muloqot.uz ishining to`xtatilishi 2018 yil 3 iyundan amalga oshiriladi. Shaxsiy profilingizdagi kerakli ma`lumotlarni (foto, video, yozishmalar, kontaktlar ro`yxati, musiqa va hok.) olib qo`yish bo`yicha tegishli choralar ko`rishingizni so`raymiz. Sayt ma`muriyati «Muloqot.uz» loyihasidagi faol ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiradi», deb yoziladi tarmoqdagi bayonotda.
Ma`lumot uchun, Muloqot.uz ijtimoiy tarmog`i «Simple Networking Solutions» MChJ tomonidan tashkil qilingandi.






