O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov, O`zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda o`zi tug`ilib o`sgan Namangan viloyatidagi №29 va №9 bog`chalarga tashrif buyurdi.
1 iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O`FA tomonidan ko`plab tadbirlar reja qilindi. Ahmedovni Xitoydagi kichik tanaffusdan foydalanib o`z Vatanida bo`lishidan unumli foydalangan holda bolalar uchun quvonchli bo`lgan tadbirni tashkil etdik.
"Bola boshidan deb bejizga aytishmaydi. Hozir bog`chaga kelib yoshligimni esladim. Bolalarning quvonchini ko`rib beixtiyor quvonasan kishi. Sportga ularni yoshligidan qiziqtirishimiz kerak deb o`ylayman. O`ylashimcha bu bolajonlardan kelajakda albatta yaxshi futbolchilar chiqadi va O`zbekiston terma jamoasi safida to`p tepish baxtiga sazovor bo`ladilar", - deydi Odil Ahmedov.
Ahmedov yana 3 kun davomida O`zbekistonda bo`ladi va Kubok o`yinini o`tkazish uchun Xitoyga uchib ketadi. Undan avval Toshkentda ham bolalar kuniga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi.






