AsosiyJamiyat

Boysunda YTH natijasida 2 nafar voyaga etmagan bola nobud bo`ldi

'Boysunda YTH natijasida 2 nafar voyaga etmagan bola nobud bo`ldi'ning rasmi

29 may kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Termiz shahrida yashovchi A.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini Boysun tumani “Mustaqillik” MFY hududida haydab ketayotib qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan A.Z. boshqaruvidagi “LABO” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada “LABO” avtomashinasi haydovchisi A.Z. va uning yo`lovchilari N.Z. ismli ayol hamda uning ikki nafar voyaga etmagan farzandlari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 2 nafar voyaga etmagan bola vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar