AsosiyJamiyat

Toshkentda YPX xodimlari uchun mo`ljallangan "body camera"ni sinovdan o`tkazish boshlandi

'Toshkentda YPX xodimlari uchun mo`ljallangan "body camera"ni sinovdan o`tkazish boshlandi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB YHXB “body camera” ya`ni yo`l-patrul xizmati xodimlari uchun mo`ljallangan holatni qayd etib boruvchi video kameralarni sinovdan o`tkazishni boshladi. Bu haqda boshqarma rasmiy sayti xabar qiladi.

Ushbu video kamera xodimning kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan o`zaro muloqotini uzluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan bo`lib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi. YPX xodimining kamera yozuvini to`xtatib qo`ya olmasligi, qayd etilgan tasvirni o`chira olmasligi tizimda korrupsiyaning oldini olishga, vaziyatlarni haqqoniy o`rganish va adolatli chora-tadbirlar ko`rishga yordam beradi.

Uskuna sinovdan o`tgan taqdirda, undan sohada keng foydalanish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar