AsosiyJamiyat

Tovlamachilikda gumon qilinayotgan Telegram-kanali adminlari qo`lga olindi

'Tovlamachilikda gumon qilinayotgan Telegram-kanali adminlari qo`lga olindi'ning rasmi

Telegramdagi “Namanganliklar” va “Namangan-cars” kanali adminlari O.T., M.A. va J.B.lar o`zaro til biriktirgan holda Namangan shahridagi “Sohil” kafesi rahbaridan tovlamachilik yo`li bilan 600 AQSh dollari olgan paytda qo`lga olingan.

Voqea tafsilotlariga ko`ra, avvaldan yollangan bir guruh ayollar kafega kirishib ovqatdan tarakan chiqqanligini aytib janjal qilishgan va videoga olishgan hamda videoni “Namanganliklar” kanali adminiga olib borib berishgan.

Kanal adminlari esa o`z kanalida 100 ming a`zo borligi, agar videoni kanalga chiqarsa, mijozlar oshxonaga kelmay qo`yishi haqida qo`rqitib, kafe egasidan pul talab qilishgan.

"Kafe egasi tegishli tashkilotlarga xabar bergandan so`ng, tovlamachilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQSh dollarini olayotgan paytda qo`lga olingan", - deb xabar berilgan «Xushnudbek.uz» telegram kanalida.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Biroz avval o`sha kanalda quyidagicha xabar chiqdi.

“Namanganliklar kanali bugundan e'tiboran noqonuniy faoliyat olib borganligi sababli óz faoliyatini tugatdi”.

    Boshqa yangiliklar