AsosiySport

“Gubernator kubogi” finaliga 7 nafar bokschimiz yo`l oldi

'“Gubernator kubogi” finaliga 7 nafar bokschimiz yo`l oldi'ning rasmi

Shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo`yicha nufuzli “Gubernator kubogi” musobaqasi bo`lib o`tmoqda.

Kecha musobaqada yarim final janglari o`tkazilib, finalga yo`l olgan bokschilar nomi ma`lum bo`ldi. Yarim finalda ringga chiqqan 10 nafar charm qo`lqop ustamizdan 7 nafari g`alabaga erishib, final chiptasini qo`lga kiritishdi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.

Hamyurtlarimizdan Rio Olimpiadasi chempionlari Hasanboy Do`smatov rossiyalik Umed Bobojenovni, Shahobiddin Zoirov qirg`izistonlik Sirojiddin Abdullaevni, Miraziz Mirzahalilov rossiyalik Baxtovar Nazirovni, Shunqor Abdurasulov qozog`istonlik Adlet Kurmetovni, Isroil Madrimov belaruslik Vitaliy Bondarenkoni, Bektemir Meliqo`ziev rossiyalik Andrey Kosenkovni, eng og`ir vazndagi Bahodir Jalolov esa yana bir mezbon bokschisi Ilya Kvasnikovni mag`lubiyatga uchratdi.

Jasurbek Latipov qozog`istonlik Azat Maxmetovga, Iqboljon Xoldorov rossiyalik Pavel Fyodorovga, Sanjar Tursunov esa yana bir rus bokschisi Muslim Gadjimagomedovga imkoniyatni boy berib, xalqaro turnirning bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Final janglari bugun o`tkaziladi:

-49 kg: Hasanboy Do`smatov - Bator Sagaluev (Rossiya)

-56 kg: Shahobiddin Zoirov - Miraziz Mirzahalilov

-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Albert Batrgaziev (Rossiya)

-75 kg: Isroil Madrimov - Gleb Bakshi (Rossiya)

-81 kg: Bektemir Meliqo`ziev - Georgiy Kushitashvili (Rossiya)

+91kg: Bahodir Jalolov - Vladislav Muravin (Rossiya)

    Boshqa yangiliklar