AsosiyJamiyat

Iyundan Toshkent-Nyu-York yo`nalishi uchun aviabiletlar arzonlashadi

'Iyundan Toshkent-Nyu-York yo`nalishi uchun aviabiletlar arzonlashadi 'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 3 iyundan 8 sentyabrga qadar "Toshkent-Nyu-York-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha ekonom klass uchun minimal tariflarni pasaytiradi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bir tomonga parvoz qilish narxi 430 EUR (4 037 924 so`m), borish-qaytish 829 EUR (7 788 863 so`m)ni tashkil etadi.

Aviachiptalar uchun to`lov sotib olinayotgan kundagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo`yicha so`mda amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar