An`anaga muvofiq, kelayotgan 7 iyun sanasida Rossiya rasmiy telekanallarida “Rossiya prezidenti Vladamir Putin bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqa” maxsus dasturi efirga ketadi.
Davlat rahbari muloqot davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berib, o`rtaga tashlangan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildiradi.
Bu yilgi to`g`ridan-to`g`ri muloqotda Rossiya fuqarolarini asosan hududlardagi yo`llarning holati, benzin narxining oshish sababi, pensiya islohatlari va mamlakatning 2024 yildan keyingi taqdiriga oid masalalar qiziqtiradi. Boisi, “Rossiya prezidenti Vladamir Putin bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqa” doirasida tashkil etilgan maxsus saytga hozirgacha yo`llangan savollar ichida “mamlakatning “eski tartibdagi” yangi hukumati yangiliklar qilishga qodirmi?”, “pensiya yoshini uzaytirish borasida Putinning fikri qanday?”, “benzin narxi oshishda davom etadimi?” qabilidagilari ko`p.
"Rossiya 24" telekanalining xabar berishicha, savollar sport, sayyohlik, tadbirkorlik, sanksiyalar, qishloq xo`jaligi, 2018 yilgi jahon chempionati, iqtisodiyot, ekologiya va hududlar kabi mavzulari bo`yicha saralanmoqda ekan.






