AsosiyDunyo

Xitoy va Rossiya energetika borasida strategik ittifoq tuzish niyatida

'Xitoy va Rossiya energetika borasida strategik ittifoq tuzish niyatida'ning rasmi

Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federasiyasi jahon energetik xavfsizligini mustahamlashga ko`maklashuvchi strategik ittifoq tuzish harakatida.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o`rinborasi Igor Morgulov “Rossiya va Xitoy: Hamkorlikning yangi bosqichi” xalqaro anjumanining ochilish marosimida ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, RF va XXR sherikligining eng muhim unsurlaridan biri energetika sohasi bo`yicha hamkorlik hisoblanadi. Ikki davlat shundan kelib chiqib, jahon energetik xavfsizligini bir butunlikda mustahkamlashni nazarda tutuvchi strategik ittifoqni shakllantirish yo`lidagi harakatni davom ettirmoqda.

Ma`lumot uchun: Soha ekspertlarining ta`kidlashicha, hozirgi kunda jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonining tobora chuqurlashuvi va iqtisodiy rivojlanishning muhim omili bo`lgan energetika resurslariga talabning oshib borishi sharoitida jahon energetik xavfsizligini ta`minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu avvalo, energetika resurslarining cheklanganligi va kamayib borayotganligi bilan bog`liq bo`lib, mazkur sharoit davlatlardan yakka tartibda emas, balki uyushgan holda energetik xavfsizlikni ta`minlash, mavjud resurslardan tejab-tergab oqilona va samarali foydalanish strategiyalarini ishlab chiqishni taqazo etayotir.

    Boshqa yangiliklar