AsosiyJamiyat

Ramazon oyining 11 kunida 2 mingdan ziyod mast haydovchiga chora ko`rildi

'Ramazon oyining 11 kunida 2 mingdan ziyod mast haydovchiga chora ko`rildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatining O`zAga xabar berishicha, 21-27 may kunlari respublika avtomobil yo`llarida 142 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 136 fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan.

Hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 75 ming 967 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 41 ming 845 tasini qo`pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 232 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 969 haydovchi belgilangan tezlik talabiga amal qilmagan, 1 ming 101 haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasini buzgan.

Shuningdek, xabarda odam tashish qoidasini buzgan 11 ming 938, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 373, harakat vaqtida telefondan foydalangan 805 va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15 ming 340 haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko`rilgani aytilgan.

Butun dunyo musulmonlari uchun muborak sanalgan Ramazon oyi 17 maydan boshlandi. Bu oy xalqimiz uchun ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi hisoblanadi. Shunga qaramay Ramazon oyida ham haydovchilarning spirtli ichimliklar iste`mol qilib, avtomobil boshqaruviga o`tirishi achinarlidir. Ramazon oyining o`tgan 11 kuni davomida YPX inspektorlari tomonidan 2 ming 26 haydovchiga shu kabi huquqbuzarliklar uchun choralar ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar