AsosiyDunyo

Mister Bin eng mashhur britaniyaliklar reytingida Cherchillni ortda qoldirdi

Dramaturg Uilyam Shekspir dunyodagi eng mashhur britaniyalik bo`ldi. Bu haqda Britaniya kengashi uchun o`tkazilgan  Ipsos MORI  tahliliga tayanib The Telegraph nashri xabar bermoqda.

So`rovnomada AQSh, Xitoy, Hindiston, Braziliya va Germaniyadan 5 ming kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilardan Buyuk Britaniya madaniyatini namoyondasi sifatida kimni aytishlari so`raldi. 
Ikkinchi pog`onada qirolicha Elizaveta II, uchinchi o`rinda futbolchi Devid Bekxem qayd etildi. Shuningdek, yuqori pog`onalarda Joan Rouling va xonanda Adel joy oldi. 

Qayd etilishicha, Rouen Atkinson tomonidan o`ylab topilgan mister Bin personaji reytingda sobiq bosh vazir Cherchill, Charli Chaplin va malika Dianani ortda qoldirdi.  

    Boshqa yangiliklar