O`zbekiston Respublikasi Prezidenti «O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari harbiylarini mukofotlash to`g`risida»gi Farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda «Xalq so`zi».
Farmonga ko`ra, harbiy burchini ado etishda hamda tabiiy ofat davomida odamlar hayotini saqlab qolishda ko`rsatgan mardlik va jasorati uchun O`razoliev Shoxruxbek Norjigit o`g`li (vafotidan keyin) hamda Muxidinov Bobirjon Nasirdinovich (O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari chegara posti boshlig`ining o`rinbosari) «Jasorat» medali bilan mukofotlandilar.
Shoxruxbek O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari mutaxassis-granatomyotchisi edi.






