Toshkent shahrida Yashnobod va Mirzo Ulug`bek tumanlari tutashgan hududda O`zbekiston tarixida ilk marta 3 pog`onali ko`prik qurilishi boshlanadi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahrida Maxtumquli, Temur Malik, Parkent ko`chalari va Ohangaron shossesi kesishgan nuqtada 3 pog`onali ko`prik quriladi. Uning ostida - Ohangaron shosse yo`nalishi bo`yicha yo`l o`tkazuvchi tunnel, o`rtasida - chorraha kesishmasini aylana yo`l tarziga aylantirish, ustida - ko`prik qurilishi rejalashtirilmoqda.
Qurilish ishlari allaqachon boshlangan. Ayni paytda, qurilish yakuniga qadar foydalanish uchun yordamchi yo`llar hozirlanmoqda. Ro`prik qurilishining birinchi bosqichi tunnelni qazish bilan boshlanadi, bir vaqtning o`zida, tunnel o`tkazilishi nazarda tutilgan yo`l ostidagi kommunikasiyalar chetga suriladi.
Qurilish loyihasi va ishlarining barchasi mahalliy mutaxassislar tomonidan tayyorlanmoqda. Toshkent shahridagi 3 pog`onali ko`prik 2019 yil foydalanishga topshirilishi kutilyapti.






