18 may kuni London fond birjasiga (London Stock Exchange) Xalqaro moliya korporasiyasining (XMK, IFC) Samarkand Bonds deb nomlangan o`zbek so`midagi obligasiyalari joylashtirildi. Bu haqda O`zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar qildi.
Obligasiyalarning umumiy hajmi 80 mlrd so`m (10 mln AQSh dollari) bo`lib, yopilish muddati ikki yilni, kupon stavkasi — 9,5 foizni tashkil etadi. Bu xalqaro kapital bozorida o`zbek so`midagi qimmatli qog`ozli ilk kelishuvdir.
Obligasiyalarni sotish bo`yicha shartnoma Evropaning aktivlarni boshqarish sohasidagi uchta banki bilan imzolandi. Shartnomalarni tuzish majburiyatini ING Capital Markets brokerlik kompaniyasi o`z zimmasiga oldi.
Obligasiya shartlari bo`yicha ma`lumotlar Bloomberg tizimiga joylashtirilgan.






