Bir necha kun davomida ushbu virus dunyoning 54 mamlakatidagi 500 mingdan ortiq qurilmani zararlagan.
Dunyo bo`yicha yuz minglab internet tarmog`i qurilmalari kiberhujum qurboniga aylandi.
Xavfli virus veb-trafikni blokirovka qilib qo`yish bilan birga, ofis va xonadonlarga ulangan tarmoqlardan o`tayotgan ma`lumotlarni yig`ib olish va qurilmani butunlay o`chirib qo`yishga qodir.
AQShning Federal qidiruv byurosi xodimlari kompyuter va shunga o`xshash qurilmalarini yangi xavfli VPNFilter virusidan himoyalanish usulini topdi.
Ularning fikricha, eng avvalo, qurilmani o`chirib yoqib, qayta ishga tushirish lozim. Bu esa tarmoqni bir oz muddatga virusdan himoyalaydi.
Shuningdek, dasturiy ta`minotni har doim o`z vaqtida yangilab turish o`ta muhim bo`lib, qurilmadan masofadan turib foydalanishga yo`l qo`ymaslik va uni murakkab mahfiy so`z bilan himoyalash lozim.
Mutaxassislarning fikricha, garchi yuqoridagi holatlar foydalanuvchilarni «hujum»dan to`liq himoya qilolmasa-da, ular virusni aniqlashga va chetlab o`tishga yordam beradi.
Yangi VPNFilter virusi nafaqat kompyuterlar uchun, balki, internet tarmog`iga ulash mumkin bo`lgan qurilmalar uchun ham o`ta xavfli ekani qayd etilgan. Bir necha kun davomida ushbu virus dunyoning 54 mamlakatidagi 500 mingdan ortiq qurilmani zararlagan.






