AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqoralariga 59 ta davlatga viza olmasdan borish imkoniyati yaratildi

'O`zbekiston fuqoralariga 59 ta davlatga viza olmasdan borish imkoniyati yaratildi'ning rasmi

O`zbekiston fuqarolari 59 ta davlatga viza olmasdan borishi mumkin, deb xabar berdi "Xalq so`zi" nashri.

“Henley & Partners” nufuzli tashkiloti ma`lumotiga ko`ra, bu dunyo bo`yicha 76-ko`rsatkichdir. Mazkur tashkilot bu borada jahondagi 200 dan ortiq mamlakatlardagi holatni tahlil etib, ularni vizasiz boriladigan davlatlar soniga qarab tasniflab chiqadi.

Yangilangan reytingda O`zbekiston olti pog`ona ko`tarildi. Gap shundaki, so`nggi islohotlar sharofati bilan, hamyurtlarimizga viza olmasdan turib Boliviya, Ekvador, Nikaragua, Uganda, Madagaskar kabi 59 mamlakatga borish imkoniyati yaratildi.

MDH davlatlari ichida bu borada Ukraina 38-o`rin (128 davlat), Moldova 45-o`rin (121 davlat) va Rossiya 47-o`rin (118 davlat)dan joy olgan.

    Boshqa yangiliklar