NASA fazogirlari go-pro kamerasini tushunmay ochiq fazoga chiqishni chippakka chiqarishdi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Boshqaruv markaziga ekipaj a`zolarining adekvatligiga shubha tug`diradigan savollar keldi:
– Tugmachani bosdim. “SD yo`q", degan yozuvni ko`ryapman. Bu videoyozuv uchun kerakmi o`zi? Agar yozish kerak bo`lsa, qizil chiroqcha yonishi kerak-ku.
– Orbita, agar yozayotgan bo`lsa, qizil chiroqcha yonadi.
– Yo`q-da, “SD yo`q" degani nima o`zi?
– Menimcha, sizda xotira kartasi yo`q. Yana bir bor tekshirib ko`ring.
Aftidan, qiynalib ketgan astronavtlar hech narsani tushunmay muammoni bort hal qilishgan ko`rinadi.






