Xusiylar Yaman g`arbidagi sohilga, Arab koalisiyasi tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgan Prezident Abd Rabbu Mansur Hodi kuchlari manzillariga qarata raketa zarbalarini yo`lladi.
Xabarda qayd etilishicha, Xusiylar raketa kuchlari guruhi Yamanning sohilbo`yi hududiga amalga oshirgan hujumida M-2 rusumidagi raketalardan foydalangan.
Eslatib o`tamiz, Yamanda 2014 yildan buyon hukumat kuchlari va xusiylar o`rtasida qarama qarshiliklar davom etib kelmoqda. 2015 yil mart oyida esa mojaroga Arab koalisiyasi aralashdi.






