28 may kuni havo harorati o`rtacha 10 darajaga pasayishi kutilmoqda. Gidrometeorologiya hizmati markazi bu haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, ba`zi joylarda kuchli shamol esib, yomg`ir yog`adi.
Qoraqalpog`iston respublikasi va Xorazm viloyatida 27 may kuni g`arbdan esayotgan shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18° dan 5-10° gacha, kunduzi 20-25° dan 25-30° gacha o`zgarib turadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 28 may kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda. 27-28 mayda shamol G`arbdan 17-22 m/s gacha, ba`zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda 15-20°, 28-30 mayda 10-15°, kunduzi 27 mayda 33-38°, 28 mayda 20-25°, 29-30 mayda 25-30° bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 28 mayda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 27-28 mayda shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 29-30 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 28 mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. 28 mayda shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba`zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. 28 may kuni kechasi harorat 13-18°, kunduzi 23-28°, 29-30 mayda 28-33° bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining ayrim hududlarida 28 may kuni yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda. 28 mayda g`arbdan esayotgan shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 mayda 13-18°, 29-30 mayda 8-13°, kunduzi 27 mayda 29-34°, 28 mayda 18-23°, 29-30 mayda 22-27° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARIDA
Havo o`zgarib turadi, 27-28 mayda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 29-30 mayda yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 mayda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. 27-28 may kunlari harorat kechasi 12-17°, 29 mayda 3-8° iliq, 27 may kunduzi 22-27°, 28 may 10-15°, 29-30 mayda 15-20° iliq bo`ladi.






