Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida naqd xorijiy valyutalarni qonunga xilof tarzda ayirboshlash bilan shug`ullanayotgan shaxslarning qing`ir qilmishi oshkor etildi.
"Toshkentning Olmazor tumani hududida tunggi vaqtda o`tkazilgan mazkur tezkor tadbir davomida fuqarolar Sh.B hamda P.X. xaridorga 8500 AQSh dollarini “qora bozor” kursida 8100 so`mdan hisoblab, jami 68 mln. 850 ming so`mga sotishayotgan vaqtda qo`lga olindi", - deyilgan qo`mita xabarida.
Hozirda ashyoviy dalil sifatida olingan 8500 AQSh dollari ushbu holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlo vga olindi hamda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tekshiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.






