“Los-Anjeles Gelaksi” hujumchisi Zlatan Ibragimovich matchda raqib jamoa o`yinchisining boshiga zarba tushirdi, deya xabar qildi Gazeta.ru nashri.
Voqea “Monreal Impekt”ga qarshi kechayotgan matchning birinchi taymida bo`lib o`tdi. Kanada jamoasining yarim himoyachisi Maykl Petrasso shved forvardining oyog`ini bilmay bosib oldi, shunda Ibragimovich raqibining boshiga shapaloq tushirdi.
Shundan so`ng epizodni qayta ko`rib chiqqan bosh arbitr Ibragimovichni maydondan chetlatdi. Petrasso esa sariq kartochka oldi.
Match 1:0 hisobida “Gelaksi” foydasiga hal bo`ldi.






