Yaponiyaning Tokyo TV telekanalida ilk bor musulmonlar hayot tarzi aks ettirilgan multfilm namoyish etilishi boshlanadi.
"O`tinchining xazinasi" deb nomlangan multfilm Arabiston yarimorolida istiqomat qiluvchi odamlarning hayotidan hikoya qiladi. Film 22 daqiqalik bo`lib, Saudiya Arabistoni folkloriga asoslangan.
Multfilm Yaponiya va Saudiya Arabistoni kompaniyalarining (Manga Productions va Toei Animation) hamkorlikdagi ishi bo`lib, 13 epizoddan iborat ekani qayd eilgan. 






