AsosiyJamiyat

“GM Uzbekistan” atrofida sodir bo`layotgan noxush vaziyatlar muhokama qilindi

'“GM Uzbekistan” atrofida sodir bo`layotgan noxush vaziyatlar muhokama qilindi'ning rasmi

Ma`lumki, so`nggi vaqtlarda internet va ommaviy axborot vositalari orqali “GM Uzbekistan” AJ atrofida sodir bo`layotgan noxush vaziyatlar yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda.

Joriy yilning 25 may kuni Asaka avtomobil zavodida “O`zavtosanoat” AJ rahbariyati va kompaniya bosh direktori boshchiligida o`tkazilgan yig`ilish so`nggi vaqtlarda yuzaga kelayotgan bunday noxush vaziyatlarni oldini olishga bag`ishlandi.

Yig`ilishni o`tkazishdan asosiy maqsad sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodimga mamlakatimizda qonun ustuvor ekani va har bir jinoyatga jazo muqarrarligini yana bir bor etkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo`ldi.

Tadbirda “O`zavtosanoat” AJ, Davlat xavfsizligi xizmati, Prokuratura, IIBning huquqni muhofaza qilish organlari, “DjiEm O`zbekiston” AJ hamda Andijon viloyatidagi “O`zavtosnoat” tarkibiga kiruvchi barcha qo`shma korxonalar va dilerlik tashkilotlari rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Yig`ilish yakunida so`nggi vaqtlarda tarqalayotgan xolatlarni oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish to`g`risida qarorlar qabul qilinib, vazifalar belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar