Toshkent shahar hokimligining barcha turdagi yo`lovchi transportini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining buyrug`i bilan 7A (Toshkent vokzali – Nurafshon ko`chasi) va 7B (Toshkent vokzali – Nurafshon ko`chasi) avtobus yo`nalishlari yopildi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Shuningdek, shahar hokimligining barcha turdagi yo`lovchi transportini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining buyrug`i bilan 151-sonli avtobus yo`nalishi o`zgartirildi. Endi u «Chilonzor buyum bozori – Yunusobod 19-dahasi bekati» yo`nalishida qatnaydi. Yo`nalishning belgilangan ish vaqti: 6:00 - 21:00.
Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanidagi Sh.Rustaveli va Muqimiy ko`chalari chorrahasidagi yo`l o`tkazgich rekonstruksiya qilinayotgani tufayli, 32, 132 va 135-avtobuslarning yo`nalishlari vaqtinchalik o`zgartirilgan.






