AsosiyDunyo

Yaponiyada issiq havo oqibatida 1 kishi vafot etdi, 561 kishi shifoxonaga etkazildi

Yaponiyada kuzatilayotgan issiq havo harorati oqibatida bir kishi favot etdi va 561 kishi shifoxonaga etkazildi. Ulardan ikki nafarining ahvoli og`ir deb hisoblanmoqda. Bu haqda NHK kompaniyasiga asoslanib “RIA Novosti” xabar beradi.

Payshanba kuni Miyadzaki shahrida havo harorati 37,4 darajani, Sidzuoka prefekturasida 37,2 darajani  tashkil etdi. Tokioda termometr ko`rsatkichlari 35,2 darajani ko`rsatmoqda.

Issiq havoni namlikning yuqoriligi sababli engib o`tish qiyin kechmoqda. Payshanba kuni tongda Tokio shahrida havodagi suv miqdori 75 foizni tashkil etdi.

O`tgan haftada Yaponiyada issiq havo oqibatida 3 kishi halok bo`lgan, 3179 kishi shifoxonaga tushgan. 

    Boshqa yangiliklar