AsosiyDunyo

Tayvan samolyoti halokati 47 kishining umriga zomin bo`ldi

TransAsia Airways aviakompaniyasining yo`lovchi samolyoti Tayvanda favqulodda qo`nishni amalga oshirish vaqtida halokatga uchradi.

Oqibatda 47 kishi halok bo`ldi, 11 kishi jarohatlandi, bu haqda Tayvan transport va aloqa vaziri E Kxuan-Shi ma`lum qildi.

ATR-72 samolyoti bortida 54 yo`lovchi va 4 nafar ekipaj a`zolari bo`lgan. Samolyot Penxu arxipelagidagi Magun aeroportiga qo`nmoqchi bo`ldi. Ikkinchi urinishda uchuvchilar bilan aloqa yo`qoldi.

AP” nashrining xabar qilishicha, samolyot Xusi yashash punktiga qulagan va ikkita uyga tegib o`tgan. So`ngra ushbu uylarda yong`in sodir bo`ldi. Erdagi halokat oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha xabar berilmadi.

Dastlabki tahminlarga ko`ra, aviahalokatga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo`lgan. So`nggi hafta davomida ushbu hududda o`nlab kishilar hayotiga zomin bo`lgan “Ramassun” to`foni kuzatilayotgandi.  

    Boshqa yangiliklar