O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi magistratura bosqichiga 60, shu jumladan, davlat granti asosida 24 kishi, to`lov-kontrakt asosida 36 kishi qabul qilinadi.
“2018/2019 o`quv yili uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasiga qabul qilish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2018/2019 o`quv yilida Davlat boshqaruv akademiyasining magistratura bosqichiga 60, shu jumladan, davlat granti asosida 24 kishi, to`lov-kontrakt asosida 36 kishi qabul qilinadi.
Bundan tashqari boshqaruv kadrlarini “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo`yicha qayta tayyorlash kurslariga jami 120 kishi qabul qilinadi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qiladi.






