AsosiyJamiyat

“Gazchilar” fuqarolarni yana chuv tushirmoqchi bo`lishdi, ammo...

'“Gazchilar” fuqarolarni yana chuv tushirmoqchi bo`lishdi, ammo...'ning rasmi

Xorazm viloyati Urganch tuman Chakkasholikor qishlog`ida yashovchi fuqaro Umida Ortiqova yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, turmushimiz farovonligi uchun barcha to`lovlarni o`z vaqtida to`lab keladi.

Ammo “Urganchtumangaz” ta`minoti xodimlari tomonidan fuqaro xonadoniga ortiqcha 7876 metr kub ko`rsatkich yuklatilgan va bundan asossiz 1 million 989 ming 283 so`m qarzdorlik va unga 187 000 so`m penya hisoblangani haqidagi xabardan so`ng, u bu masalaga echim topish maqsadida ko`plab tashkilotlarga murojaat qilib ko`rdi. Ulardan hech naf bo`lmagach, O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining tuman bo`limiga huquqlarini himoya qilishni so`rab murojaat qilgan.

Olib borilgan surishtiruvlarda tuman Majburiy ijro byurosi mutaxassislari ham ishtirok etdi. O`rganishlar natijasida ma`lum bo`lishicha, fuqaroga nisbatan asossiz qarzdorlik ko`rsatilgan. Qayta hisob-kitoblardan so`ng, fuqaroning huquqlari tiklandi.

Bu so`nggi vaqtlarda yurtimizning barcha joylarida bo`layotgan muammolarning kichik bir misoli. Aholi farovonligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgan bugungi davrda, fuqarolarni ovora qilish, o`z xatosi uchun ularning salomatligi, iqtisodiga ziyon berish kabi illatlar ko`zga tashlanmoqda.

Mutasaddi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mas`ullarga aytar so`zimiz – E`tiborli bo`ling, sizning befarqligingiz yoki noto`g`ri xatti-harakatingiz boshqalarga ziyon keltirmasin!

O`z.A

    Boshqa yangiliklar