AsosiyJamiyat

Chiqindi to`plash shoxobchalari tadbirkorlarga biriktiriladi

'Chiqindi to`plash shoxobchalari tadbirkorlarga biriktiriladi'ning rasmi

Endilikda jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko`rsatiladi.

Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida nazarda tutildi.

2018 yil 1 avgustdan maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun tuman va shahar hududlari tadbirkorlik sub`ektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida chiqindi to`plash shoxobchalarida lozim darajadagi tozalikni ta`minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralash sharti bilan biriktirib beriladi.

Shuningdek, maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqish xizmatlarini ko`rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik sub`ektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirib berish faqat tanlov asosida, nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yo`li bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko`rsatiladi.

O`z.A.

    Boshqa yangiliklar