YuNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi mukofoti O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” nomli fond hujjatlari uchun topshiriladi.
O`tgan yilning 24-27 oktyabr kunlari Parijda ”Jahon xotirasi” YuNESKO dasturi bo`yicha xalqaro qo`mitaning navbatdagi majlisiga O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” nomli fond hujjatlari taqdim etilgan edi.
Hujjatlarning asliyligi va xalqaro ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda YuNESKOda nomzodnomalar ko`rib chiqildi. Unda dunyo mamlakatlaridan 78 ta nomzod mazkur ro`yxatga kiritildi. Shu tariqa “Jahon xotirasi” xalqaro ro`yxatiga kiritish maqsadida taqdim etilgan 78dan ortiq o`ziga xos tarixga ega mamlakatlar qatorida “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” nomzodnomasi YuNESKO dasturi bo`yicha xalqaro qo`mitaning navbatdagi majlisida uchinchi o`rinni olib, xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
Bugun ushbu mukofotni topshirish marosimi bo`lib o`tadi.






