AsosiyDunyo

Nepallik alpinist Everest cho`qqisini zabt etib, yangi rekordni o`rnatdi

'Nepallik  alpinist  Everest cho`qqisini  zabt etib, yangi rekordni  o`rnatdi'ning rasmi

48 yoshli Kami Rita Sherpa 13 nafar alpinistlar jamoasi bilan birga 16 may kuni Everest cho`qqisiga ko`tarilishni boshlagan edi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

U 8,850 metr balandlikka ko`tarilgan.Kami Rita Sherpa xorijiy turistlarga tog`li tizmalarda yo`lboshchilik qilib kelgan. U katta qiyinchiliklarga qaramasdan o`z maqsadiga erishdi va yangi jahon rekordini o`rnatdi. Bu Everest cho`qisining 22 bora zabt etilishidir.

“Men o`zim va mamlakatim uchun harakat qildim. Bu mening ko`p yillik orzuyim edi”, dedi Kami Rita.

Dunyodagi eng baland tog` cho`qqisiga ko`tarilib, belgilangan vazifa amalga oshirilgach, Kami Rita Sherpa o`z uyiga, Katmanduga qaytib keldi. Uni oila a`zolari, yaqinlari va keng jamoatchilik vakillari tantanali tarzda kutib olishdi.

    Boshqa yangiliklar