AsosiyDunyo

Checheniston poytaxti Grozniy shahrida joylashgan cherkovga hujum uyushtirildi

'Checheniston poytaxti Grozniy shahrida joylashgan cherkovga hujum uyushtirildi 'ning rasmi

Grozniy shahridagi Mixail Arxangel cherkoviga4 nafar qurollangan shaxslar bostirib kirishga urinishdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Ular bino eshiklarini va derazalarini sindirishgan. Ichkaridagi odamlar esa yashirinishga muvaffaq bo`lgani sababli odamlarga zarar etmadi.

“Men hujum boshlanishi bilan odamlarga eshikni ichkaridan yopinglar va tezroq biror joyga yashirininglar, deb bor ovozim bilan baqirdim. Hammasi juda tez sodir bo`ldi”, dedi voqeaga guvoh bo`lgan erkak.

Xabarlarga qaraganda, jinoyatchilarcherkovdagi odamlarni garovga olishni maqsad qilishgan edi.Cherkovga kirishga uringan terorchilar va qo`riqlash xizmati xodimlari o`rtasida otishma sodir bo`ldi, natijada ikki nafar polisiya xodimi halok bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatchilarning bari voqea joyida yo`q qilingan. Maxkur hodisa uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga oldi.

    Boshqa yangiliklar