Qum devorining balandligi taxminan 20 metrga etdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Mazkur hodisa mamlakatning Gansi provinsiyasida kuzatildi.Qum bo`roni shimoldan boshlanib, janubga qarab,o`z harakatini davom ettirdi.Bo`ron Gansuda 10 daqiqadan ortiqroq davom etdi. Ulkan quyun kelayotganini ko`rgan odamlar esa bino ichiga va pana joylarga yashirinishga ulgurgani tufayli voqea sababli jabrlanganlar yo`q.
Shundan so`ng, hududda bir necha soat davomida changli ob-havo holati saqlanib qoldi.Mahhaliy aholi vakillari qum zarralari uy ichiga ham kirganini ta`kidlashmoqda.
Meteorologiya xizmatining ma`lum qilishicha, qum devori qo`shni provinsiyalar hududida ham sodir bo`lgan.






