Venesuelada prezident saylovlari o`z nixoyasiga etdi, uning natijasiga ko`raamaldagi prezident Nikolas Maduro g`alaba qozondi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Xabarga ko`ra, ovoz berish jarayonida 20,5 milliondan ko`proq fuqaro qatnashishi lozim edi. Biroq ularning46 foizdanko`prog`i ishtirok etgan. Milliy saylov kengashi bergan ma`lumotlarga qaraganda, Maduroga5,8 million kishi ovoz berdi. Uning raqibi Enri Falkonga 1,8 mln kishi ovoz bergan.
Shunday qilib Nikolas Maduro ikkinchi marotaba Venesuela prezidetligiga qayta saylandi. Mamlakatga jarayonni bevosita kuzatish uchun dunyoning 30 ta davlatidan 150 ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kelishgan.
“Saylov haqida fikrlarim ijobiy. Jarayon xaqqoniy o`tganiga shubha yo`q. Barcha saylovchilar o`z xohishlariga ko`ra ovoz berishdi. Men natija barcha uchun yaxshi bo`lishiga va mamlakatda tinchlik o`rnatilishiga umid qilaman”, dedi xalqaro kuzatuvchi Xose Radrigos.
Ushbu jarayon saylov uchastkalariga kelib byulletenlarni to`ldirish va elektron tarzda ovoz berish yo`li orqali amalga oshirildi. Hukumat fuqarolar xavfsizligini ta`minlash uchun barcha chora-tadbirlarni ko`rdi.






