Ertangi kunini o`ylagan har bir millat yoki jamiyat borki, o`zining yosh avlodiga e`tibor qaratadi. Binobarin dunyo xalqlari orasida bolajonligi bilan e`tirof etiladigan O`zbekiston ham bu borada salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Shu jumladan, O`zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti Sardorlarining “Vatan, do`stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi XVII Anjumani tashkil etilayotgani ham yuqoridagi fikrimizning tasdig`idir. An`anaga muvofiq bu yilgi Sardorlar anjumani Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Lochin” bolalar dam olish oromgohida tashkil etilmoqda. Joriy yilning 19-24-may kunlari tashkil etiladigan anjumanga katta taraddud ko`rilgan. “Lochin”da 90 nafarga yaqin tajribali trenerlar, faol yoshlar o`z kasbining mutaxasislari, ommaviy axborot vositalarini o`zida jamlagan ishchi guruh a`zolari 16 may kunidan anjumanni yuqori saviyada tashkil etish choralarini boshlab yuborishgan edi.
Tadbir ishtirokchilarini Qarshi shahridagi zamonavi vokzalda tantanali kutib olindi.
Shundan so`ng Sardorlar avtobuslar karvonida Shahrisabz shahridagi Amir Temur hiyoboniga tashrif buyurishdi. Ashtish lozimki, shu joyda O`zbekistonda ilk marotaba bolalar paradi bo`lib o`tgani rostanom hayajonli bo`lganini bolalar yuz-ko`zidan sezish qiyin emas edi.
Amir Temur haykali oldiga jam bo`lgan ertamiz egalari qalbida yana bir karra buyuk ajdodlar avlodi ekanliklarini his qilishdi.
Tarixiy uchrashuvda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Murod Zufarov hamda viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattarov nutq so`zlab, bolajonlarini samimiy qutlagan holda barchani faollikka chorlashdi.
Respublika “Ittifoq” sardori Qilichbek Qurbonov: “Bugungi kunda mamlakatimizdagi umumta`lim maktablarida jami 2 mln ga yaqin Sardorlar faoliyat olib borishmoqda! Biz Sardorlarning asosiy vazifamiz a`lo o`qish, yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish hamda eng muhimi Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ishonchlarini oqlashimiz kerak! Bu yo`lda barchangizga omad yor bo`lsin!” deb o`z tengdoshlarini ruhlantirdi!
Dadillik, yuksak ishonch va katta marralarni ko`zlagan Sardorlar “Lochin” oromgohiga yo`l olishdi! 800 nafarga yaqin Sardorlar mazkur oromgohda tantanali tarzda kutub olingani barchaga quvonch ulashdi!
Quvnoq sarguzashtlarga boy oromgoh 20 may kuni barcha ishtirokchilar, davlat va nodavlat tashkilot vakillari, OAV vakillari ishtirokida tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan oromgohning ochilish marosimini M.Zufarov ochib berdi hamda oromgoh ishiga omad tiladi.
Anjuman doirasida Sardorlar Kengashi a`zolari uchun tajribali trenerlar tomonidan Respublika o`quv-seminari hamda “Eng namunali hududiy Sardorlar kengashi” tanlovi, madaniy dasturlar, sport musobaqalari, turli to`garaklar hamda bolalarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan bellashuvlar tashkil etish belgilangan. Eslatib o`tamiz “Lochin” oromgohida tashkil etilayotgan mazkur Anjuman
24 may kuniga qadar davom etadi.
Hojiakbar PATTAEV
Anjuman Media guruhi a`zosi






