Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan qishloq xo`jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosini o`rganish davomida jiddiy qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`yilayotganligi aniqlandi.
Jumladan, Quyichirchiq tumanida faoliyat yurituvchi “Umarxon Yusuf agro lyuks” fermer xo`jaligi rahbari X.Saydullaev paxta xom-ashyosi etishtirish rejalashtirilib, chigit ekilgan 6,5 gektar er maydonini boshqa ekinlar ekish maqsadida o`zboshimchalik bilan buzib tashlagan.
Shuningdek, “Mahkam Agro fayz” fermer xo`jaligi rahbari M.Ibragimov paxta ekishga ajratilgan 9 gektar er maydonini fuqaro R.Boqievga ushbu er sabzavot hamda dukkakli ekinlar ekish uchun mo`ljallangan erligiga uni ishontirib, firibgarlik yo`li bilan 9 mln. so`mga hamda “Rustam I” chorvachilik fermer xo`jaligi rahbari R.Sharapov chorva mollariga ozuqa ekishga ajratilgan 23 gektar er maydonini fuqarolarni aldab, firibgarlik yo`li bilan jami 39 mln. so`mga sotganligi holatlari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Quyichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bandi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






