Kubada aviahalokatga uchragan samolyotning portlagani aks etgan video internet tarmog`ida ham paydo bo`ldi, deya ma`lum qildi Ren.tv nashri.
Fojia 18 may kuni sodir bo`lgan edi. Yo`lovchi tashuvchi Boeing 737-200 samolyoti Gavana–Olgin reysini amalga oshirayotib, Gavanadan 20 kilometr uzoqlikdagi qishloq xo`jaligi maydoniga qulagan.
Ma`lumotlarga ko`ra, samolyotda 110 nafar yo`lovchi bo`lgan.
Aviahalokatda faqatgina uch ayol tirik qolgan.






