O`z reysiga kech qolgan turist samolyotning eshigini buzmoqchi bo`ldi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.
Melburn aeroportida reysga bir necha soat kech qolgan yo`lovchi samolyotni shturmga ola boshladi.
Yo`lovchi avvalboshda aeroport binosida cheka boshladi, so`ngra qo`riqchilarni itarib, avialayner tomon yugurdi.
Shundan so`ng u samolyotning eshigini sindirishga tushdi. Vaqtida etib kelgan xodimlar uni qo`lga olishdi.
Muhandislar samolyotni tekshirib ko`rib, parvozga ruxsat berishdi.






