Kirishimli leopard turistning yoniga kelib, uning oyog`i bilan o`ynashdi, deb xabar qilmoqda Daily Mail nashri.
Rolik Botsvananing shimoliy qismida suratga olingan. Rolik muallifining aytishicha, leopard qo`rqinchli emas, balki katta mushukni eslatgan.
Leopard turistning oyog`ini hidlab, teginib ko`rgan. Avtomobil haydovchisi motorni o`t oldirgach, jonivor qochib ketgan.






