Ikki braziliyalik velosipedchi tonnelga kirib, poezd tagida qolib ketishlariga bir bahya qoldi, deya xabar qildi Daily Mail nashri.
Video Jedson Jil Miranda (Jedson Gil Miranda) tomonidan velosiped shlemiga o`rnatilgan kamera yordamida suratga olingan. Kadrlarda u hamrohi bilan tonnelga kirganini ko`rish mumkin. Bir necha soniyadan so`ng esa poezdning yaqinlashayotgani eshitiladi. Ikkovlon esa tonneldan chiqishga arang ulguradi.






