AsosiyDunyo

Tesla Model X yo`lovchi tashuvchi Boeingni shatakka oldi (Video)

'Tesla Model X yo`lovchi tashuvchi Boeingni shatakka oldi (Video)'ning rasmi

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi elektrokrossover Tesla Model X P100D yo`lovchi layneri Boeing 787-9 Dreamlinerni shatakka olgani videosini taqdim etdi. Video Melburn aeroportida suratga olingan, deya xabar bermoqda Segodnya.ua nashri.

Tesla Model X P100D elektrokari 773 ot kuchiga ega ikki elektromotor bilan jihozlangan. Mashinaning massasi 2468 kilogramm.

Boeing 787-9 Dreamlinerning maksimal massasi – 193 tonna, bo`m-bo`sh layner 126 tonna chiqadi. Samolyot bortiga 290 yo`lovchi sig`adi. Samolyot 126 ming litr yoqilg`i “eydi”. Laynerning maksimal tezligi – soatiga 956 kilometr.


Boshqa yangiliklar